Turkiya Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatda koronavirus holatlarining kun sayin ortib borishi 4-pandemiya boshlanganidan beri rekordni yangiladi, shanba kuni bu ko`rsatkich 44756 tani tashkil etdi. Bu haqda Ria novosti xabar berdi.
Turkiya Prezidenti Toyyib Erdo`g`an aksariyat Turkiya provinsiyalarida yuqumli kasalliklar sonining ko`payishi sababli dam olish kunlari - juma kuni soat 21.00 dan dushanba soat 5.00 gacha komendant soati qayta o`rnatilishini aytdi.
"Bugungi kunda COVID-19 kasalligining 44 756 ta yangi holati aniqlandi, 1483 kasal kasalxonaga yotqizildi,186 bemor vafot etdi, 2231 bemorning ahvoli og`ir", deyiladi vazirlik xabarida.
Yanvar oyida Turkiya koronavirusga qarshi Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasining CoronaVac preparati bilan emlashni boshladi, mart oyidan beri mamlakatda Pfizer/BioNTech vaksinasi ham qo`llanilmoqda. Birinchi bosqichda vaksina shifokorlar, o`qituvchilar va qariyalarga berildi. Emlangan fuqarolar soni 16 milliondan oshgan.