AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshirdi

'Saudiya Arabistoni Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshirdi'ning rasmi

Saudi Aramco kompaniyasining xabar berishicha, Arab Light markasidagi neft barreli uchun 40 sent deb belgilangan.  

Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi Saudi Aramco Osiyolik xaridorlarga may oyi uchun neft etkazib berish narxlarini oshirdi. Bloomberg bu haqda kompaniyaning bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Osiyo bozoridagi xaridorlar uchun Arab Light nefti 40 sentga, may oyida etkazib beriladigan boshqa markalar barreliga 20−50 sentga ko`tarildi. Bloomberg tomonidan olib borilgan so`rovlarda savdogarlar va qayta ishlab chiqaruvchilar narxning 30 sentga ko`tarilishini kutishganini aytishdi.

Agentlikning ta`kidlashicha, bu qaror Osiyo mintaqasidagi davlatlarning iqtisodiyotini qayta tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shimoliy va G`arbiy Evropadagi xarodorlar uchun neft narxi o`zgarmadi. Yagona istisno Arab Light brendi bo`ldi: uning mintaqa uchun narxi 20 sentga pasaygan. Bundan tashqari, Saudi Aramco AQSh uchun Saudiya neftining ko`p navlari narxini 10 sentga pasaytirdi.

Bu qarorga OPEK+ davlat ishtirokchilarining kelishuvidan so`ng kelingan. Unga ko`ra davlatlar, neft qazib olishdagi cheklovlarni sekinlik bilan olib tashlash va kunlik ishlab chiqarishni 350 ming barrelga etkazishga kelishib olishgan.

    Boshqa yangiliklar