AsosiyDunyo

Yaponiyada parvoz vaqtida samolyot yonib ketdi

Yaponiyada uchish maydonchasida tezligini oshirib, parvozga tayyorlanayotgan Boeing 737 samolyoti dvigateli yonib ketdi, deya xabar berdi “gazeta.ru” nashri.

Dvigateldan chiqayotgan tutun kabina ichiga to`lgan, yo`lovchilar avariya chiqish yo`lagidan dam berib shishirilgan traplar orqali evakuasiya qilinib, reys bekor qilingan. Samolyot bortida 159 yo`lovchi va 6 ta ekipaj a`zosi bo`lgan. Yaponiya huquq-tartibot idoralari xodimlarining bergan ma`lumotiga ko`ra, bir yo`lovchi engil tan jarohati olgan.

Yaponiya avialiniyasining Boeing 737 samolyoti mamlakat ichida Sapporo-Fukuoka yo`nalishi bo`yicha parvozni amalga oshirayotgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar