AsosiyJinoyat

Toshkentda uy devorlariga giyohvandlik vositalari reklamasini yozib yurganlar qo`lga olindi

'Toshkentda uy devorlariga giyohvandlik vositalari reklamasini yozib yurganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda turar joylar devorlarida giyohvandlik vositalari reklamasi yozuvlari paydo bo`layotgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Mirzo-Ulug`bek tumani “Bo`z” mahallasida bir nechta uylar devorlarida yozuvlar paydo bo`lgan. Aholi orasida o`tkazilgan so`rov natijasida yozuvlar 5-6 kun oldin paydo bo`lgani aniqlandi. 
Tekshiruv natijasida mazkur yozuvlarni qoldirgan fuqarolar – 18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V.larning shaxslari aniqlangan.
Suhbat davomida B.I. joriy yilning mart oyida obuna bo`lgan telegram kanalda ish haqida e`lon chiqqanligini ma`lum qildi. B.I. noma`lum shaxs bilan telefon orqali bog`lanib, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo`lgan yozuv matnini olgan. Shundan so`ng B.I. tanishi I.V. bilan linoleumdan e`lon matnini qirqib, bo`yoq ballonchasi yordamida uylarning devorlarida yozuv qoldirishgan. 
Mazkur fakt bo`yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar