Nepal tog`larida uncha katta bo`lmagan yo`lovchi tashish samolyoti yo`qoldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Samolyot bilan aloqa mahalliy vaqt bilan 7:05 da uzilib qolgan. Tara Airlines kompaniyasiga tegishli havo kemasi Pokxaradan Jomsga uchayotgan edi.
Yo`qolgan samolyot bortida 21 nafar yo`lovchi va uch nafar ekipaj a`zolari bo`lgan.
Mahalliy hukumat vakillarining qayd etishicha, samolyot ko`rish darajasi yomon bo`lganligi sababli halokatga uchragan bo`lishi mumkin. Hozirda samolyot qidirilmoqda, ammo noqulay ob-havo sharoiti tufayli qidiruv ishlari qiyin kechmoqda.
Pokxara va Joms yo`nalishi jadval bo`yicha 18 daqiqani tashkil etadi. Joms sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan tog`li hudud hisoblanadi.