1

Samarqandda "qo`ylar namoyishi"dan keyin hokim qarori o`zgartirildi

Jamiyat 07.04.2021, 18:41
Teglar: ​Samarqand, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi
Samarqandda "qo`ylar namoyishi"dan keyin hokim qarori o`zgartirildi

Avvalroq, Samarqandda yaylov yo`qligidan norozi xalq qo`ylarni hokimiyat binosi oldiga haydab kelgani haqida xabar bergan edik. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xabar berishicha, Samarqand viloyati Nurobod tumani “Ag`ron” mahallasida yashovchi fuqaro J.Ya.ning murojaati agentlik tomonidan o`rganilgan.

Fuqaro o`z murojaatida Nurobod tuman hokimligi va tuman kadastr bo`limi mas`ullari tomonidan Toshquduq massividagi 2118k, 2119k, 2120k, 2121k va 2122k konturlardagi 40.0 gektar ekin ekilmagan yaylov er maydonlari soxta hujjatlar asosida lalmikor er maydonlari sifatida “A. I. S.” MChJga berilganligi hamda Nurobod tuman hokimining 2020 yil 23 dekabrdagi 905-Q-son qarori korrupsion holatlar asosida chiqarilganligini ma`lum qilgan.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tegishli hujjatlarni o`rganishlar davomida, Nurobod tuman hokimining mazkur qarori qabul qilinishida qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarni berish va yaylovlardan foydalanish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilmaganligi ma`lum bo`ldi.

Jumladan, Nurobod tuman hokim qaroriga asosan “A.I.S.” MChJga Nurobod tumani Toshquduq massividagi 2118k, 2119k, 2120k, 2121k va 2122k konturlarda joylashgan yaylov er maydonlari lalmikor er sifatida g`allachilik bilan shug`ullanish uchun ajratilgan. Ushbu konturlardagi er maydonlari O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 27 martdagi 01002-sonli xatida uzoq yillardan buyon foydalanilmagan va ekin ekilmagan yaylov er maydonlari ekanligi ham ko`rsatilgan.

O`rganishlar va Nurobod tuman hokimligi mas`ullari bilan olib borilgan tegishli harakatlar natijasida tuman hokimining qarori bekor qilinib, Nurobod tumani Toshquduq massivida joylashgan yaylov er maydonlari tuman hokimligi zaxirasiga olindi. 

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1