AsosiyJamiyat

Sergeli er usti metrosida poezd yarim yo`lda to`xtab qoldi

'Sergeli er usti metrosida poezd yarim yo`lda to`xtab qoldi'ning rasmi

Bugun, taxminan 10:40da Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishi texnik sabablarga ko`ra to`xtatildi.  Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati batafsil ma`lumotlar taqdim etilishini ma`lum qildi.

Barcha yo`lovchilar evakuasiya qilindi. Sergeli metro yo`nalishi bo`ylab avtobuslar harakati tashkil etilmoqda. Ayni vaqtda, "Toshkent metropoliteni" UK rahbariyati voqea joyida vaziyatning sabablarini aniqlamoqda.  

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, Toshkent metropolitenining Chilonzor yo`nalishi ("Olmazor" - "Buyuk Ipak Yo`li") shtat rejimida ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar