AsosiyJamiyat

Ba`zi hududlar er uchastkalarining boshlang`ich narxlari 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo`yiladi

'Ba`zi hududlar er uchastkalarining boshlang`ich narxlari 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo`yiladi'ning rasmi

Ayni paytda davom etayotgan Prezident videoselektor yig`ilishida tadbirkorlikka er va binolar ajratishni ko`paytirish zarurligi ham ta`kidlandi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri.

Prezident Shavkat MirziyoevKadastr agentligi rahbariyatiga bir oy muddatda, olis va chekka hududlarda joylashgan er uchastkalarining boshlang`ich narxini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo`yish vakolatini mahalliy kengashlarga berish tartibini Hukumatga kiritish bo`yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, Viloyat, tuman, shahar hokimlari bir oy muddatda ko`p qavatli uylarning erto`lasini xatlovdan o`tkazib, tikuvchilik, maishiy texnika, poyabzal ta`mirlash va kompyuter xizmatlari kabi faoliyat turlari uchun ajratib berishni boshlaydi. Va shu muddat ichida Vazirlar Mahkamasi bu erto`lalardan foydalanishdagi cheklovlarni qisqartirish bo`yicha qaror qabul qiladi. 

Va yana bir oy muddatda unumdorligi past bo`lgan va foydalanilmayotgan qishloq xo`jaligi erlarida loyiha asosida kichik sanoat zonalari tashkil etish bo`yicha takliflarni kiritish bo`yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Ta`kidlanishicha, sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta`minlashga, joriy yilda 2 trillion so`mdan ziyod mablag` ajratilmoqda.

Mavzuga doir:

Qashqadaryo va Navoiy viloyatining qator rahbarlari ishdan ketdi, ba`zilariga ogohlantirish berildi

Yana beshta tuman hokimlari, prokuror, IIB va Soliq rahbarlari qat`iy ogohlantirildi

    Boshqa yangiliklar