Krasnodar shahri markazida, ko`p qavatli uylarning hovlisida joylashgan avtomashinalar to`xtash joyiga Chevrolet avtomobilini joylashtirmoqchi bo`lgan qiz 17 ta engil mashinani urib yubordi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Polisiyachilar qizni tibbiy ko`rikdan o`tkazishmoqchi bo`lgan, ammo qiz ularning taklifini rad etgan. Unga nisbatan ma`muriy dalolatnoma tuzilgan.
Voqeani guvohlarining so`zlariga ko`ra, qiz mast holatda bo`lgan. Mashinalarga juda katta zarar etkazilmagan. Polisiyachilar voqea joyiga etib kelgunga qadar, jabrlangan mashina egalari uning ketishiga yo`l qo`yishmagan.





