1

Toshkentda 60 yoshni "urib qo`ygan" ayolning qing`irliklari fosh bo`ldi

Jinoyat 08.04.2021, 20:46
Toshkentda 60 yoshni "urib qo`ygan" ayolning qing`irliklari fosh bo`ldi

Olmazor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Firibgarlik yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Tergov harakatlari davomida, 2020 yilning 29 iyun kuni soat 15:00 larda 60 yoshli Tatyana V. va 57 yoshli Alisher S.,lar o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida qurilish firmasi rahbari 52 yoshli Ruslan F.,ga uning nomidan Davlat dasturi bo`yicha tenderda ishtirok etib, 620 000 AQSh dollarlik qurilish ob`ekti va loyihasini yutib berishlarini va`da qilib, undan Olmazor tumani TXAY ko`chasida joylashgan chorrahada 61 000 AQSh dollar pul mablag`larini aldov yo`li bilan olib, bergan va`dasini bajarmaganliklari aniqlandi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1