1

Vaksina qabul qiluvchi fuqarolar dastlab qanday tibbiy tekshiruvlardan o`tkaziladi?

Salomatlik 09.04.2021, 13:25
Vaksina qabul qiluvchi fuqarolar dastlab qanday tibbiy tekshiruvlardan o`tkaziladi?

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva aholini koronavirusga qarshi emlash  va vaksinasiyadan keyingi jarayonlar to`g`risida ma`lumot berdi.

Vaksina qabul qiluvchi fuqarolarni shifokor to`liq ko`ruv o`tkazadi. Tekshiruvda:

  • ️Fuqaroning bugungi kundagi shikoyatlari, umumiy ahvolini to`liq o`rganadi;

 

  • ️Mavjud surunkali kasalliklari va bugungi kunda qabul qilayotgan dori vositalarini o`rganadi;

 

  • ️Organizmning a`zolarida kuzatilayotgan o`zgarishlar - qon bosimini o`lchash, tana vazni va bo`y uzunligini o`lchash, yurak urish soni, nafas olish soni, saturasiyani aniqlaydi, shuningdek yurak, nafas a`zolarini auskultativ eshitadi;

 

  • ️Shifokor tekshiruvida aniqlangan holatdan kelib chiqib, klinik va laborator tekshiruvlar: umumiy qon, peshob yoki axlat tahlillari, zarurat tug`ilsa qonda qand miqdori va biokimyoviy tekshiruvlar, klinik tekshiruvlar – yurak EKGsi, o`pkani flyuorografiyasi yoki rentgen/MSKTsi o`tkaziladi va boshqa a`zolar ham ko`rsatma asosida klinik tekshiruvdan o`tkaziladi.  

 

Fuqarolar salomatliklari holatidan kelib chiqqan holda, organizmda o`tkir shamollash yoki yallig`lanish kasalliklari aniqlanmagan holatda yoki surunkali kasalliklari avj olgan yoki xuruj qilgan davri aniqlanmasa, vaksina bilan emlanish tavsiya etiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1