1

Farg`onalik fuqaro arizasini qaytarib olish uchun 2000 AQSh dollari talab qildi

Jinoyat 09.04.2021, 19:36
Farg`onalik fuqaro arizasini qaytarib olish uchun 2000 AQSh dollari talab qildi

Farg`ona viloyatida fuqaro arizasini qaytarib olishi uchun 2000 AQSh dollari talab qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

6 aprel kuni  47 yoshli  Iroda A., Farg`ona shahri bo`yicha IIO FMB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 30 yoshli Guljahon U., kelinoyisi 27 yoshli Shahnoza U., bilan birgalikda uning jiyani 37 yoshli Akmaljon K.,ning harakatlari ustidan arz qilgan, ushbu arizani qaytarib olishlari evaziga  
2 000 AQSh dollar berishini talab qilib, pullarni bermasa jinoiy javobgar qildirish bilan qo`rqitayotganligini va ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`rab, shu kuni Guljahon U., Shahnoza U., bilan Iroda A.,dan tovlamachilik yo`li bilan 2 000 AQSh dollar pul mablag`larini olayotganlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Guljahon U., va Shahnoza U.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Tergov harakatlari davomida yuqorida keltirilgan Akmaljon K.,ning harakatlari (Guljahon U., va Shahnoza U.,lar keltirilgan vajlar) yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida ushbu fuqarolarning xatti-harakatlariga huquqiy  baho berilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1