AsosiyJamiyat

Buxoroda tadbirkorlar foydasiga 517 mln. so`mdan ortiq qarzdorlik undirildi.

'Buxoroda tadbirkorlar foydasiga 517 mln. so`mdan ortiq qarzdorlik undirildi.'ning rasmi

Bugun tadbirkor va kichik biznes vakillari faoliyat yuritishi, investisiyalarni jalb qilish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, tadbirkorlarning qonuniy  manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash mexanizmi mavjud.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 may kunidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonida “Har bir oila-tadbirkor” dasturi va tadbirkorlarning kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga yo`naltirilgan tashabbuslarini o`z vaqtida amalga oshirish, tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlar uchun kafolatli muhit yaratish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Byuro organlari tomonidan tadbirkorlar foydasiga undiruv bilan bog`liq sud hujjatlari va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosini tezkorlik bilan ta`minlab, tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar olib borilmoqda.

  • Byuroning Qorako`l tuman bo`limi ish yurituvidagi Qorako`l tumanlararo iqtisodiy sudining 05.01.2021 yildagi ijro hujjatiga qarzdor Obodonlashtirish boshqarmasidan undiruvchi “STAR-ARCH” MChJ foydasiga 168 mln. so`m;
  • Qorako`l tumanlararo sudining 15.02.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Obodonlashtirish boshqarmasidan undiruvchi “ARXITEKTOR STORY PROYEKT” xususiy korxonasi foydasiga 76,4 mln. so`m;
  • Romitan tumanlararo iqtisodiy sudining 05.01.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Neftgaz korxonasidan undiruvchi Qorako`l ixtisoslashgan davlat o`rmon xo`jaligi foydasiga foydasiga 272,7 mln so`m undirib berilishi ta`minlandi. 

Ijro hujjatlari amalda tamomlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar