Avvalroq, Termizda o`quvchi zo`rlangani, holat bo`yicha IIB 14 oydan beri chora ko`rmayogani haqida xabar bergan edik. Surxondaryo viloyati prokuraturasi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot ham bergandi.
Termiz shahrida 16 yoshli voyaga etmagan qizning nomusiga tegilganligi holati yuzasidan Termiz shahar bo`yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan qo`shimcha tekshiruv o`tkazildi.
Natijasiga ko`ra, mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida 2021 yil 11 aprel kuni holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (Shaxsning 18 yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan holda nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






