Qo`shiqchi Alsu Instagram sahifalarida sevimli buvisi Mina Lazarevnaning vafoti haqida foydalanuvchilarni xabardor qildi, deb xabar berdi “segodnya.ua” nashri.
“Ming afsuski, taqdir hukmini o`zgartirishga qodir emasmiz. Bir necha kun oldin buvimni tug`ilgan kunlari bilan tabriklagan edim. Bugun esa... Bugun oilamizda eng og`ir kun, quvnoq buvijonim bilan xayrlashyapmiz... Shunday og`ir kunda yonimda bo`lgan barcha do`stlarimga, yaqinlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ma`naviy yordamingiz — qo`llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat...” deya fikrlarini o`rtoqlashdi Alsu. Xonanda bundan to`rt kun oldin buvisini to`qson yoshli yubileyi bilan qutlab, tug`ilgan kunda buvisi bilan birga tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan edi.





