AsosiyJinoyat

Buxoro shahrida tadbirkorning 23,6 mln so`m pulini o`tkazib berish evaziga 2,3 mln so`m olgan mansabdor ushlandi

'Buxoro shahrida tadbirkorning 23,6 mln so`m pulini o`tkazib berish evaziga 2,3 mln so`m olgan mansabdor ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir  o`tkazildi.

Viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi Buxoro shahar bo`limi boshlig`i S.X. “A.O.” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, shahardagi ko`p qavatli uylarda bajarilgan ta`mirlash ishlari uchun to`lanishi lozim bo`lgan 23,6 mln so`mni jamiyat hisob-raqamiga o`tkazib berish evaziga 2,3 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar