AsosiyJinoyat

Farg`ona politexnika instituti mansabdorlari o`zlariga ishonib topshirilgan byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi

'Farg`ona politexnika instituti mansabdorlari o`zlariga ishonib topshirilgan byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyat prokuraturasi tomonidan Farg`ona politexnika institutida ta`lim, byudjet va mehnat qonunchiligi ijrosi ahvoli o`rganilgan.

O`rganish davomida Farg`ona politexnika instituti mansabdor shaxslari 2019-2020 yillar davomida 600 mln. so`mdan ortiq, juda ko`p miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomi buzilishiga yo`l qo`yib, o`zlariga ishonib topshirilgan 79,5 mln. so`m byudjet mablag`larini rastarata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16.03.2021 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 184-1-moddasi 2-qismi, 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, o`rganish davomida qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan hujjatlarga nisbatan 9 ta protest keltirilgan, 9 nafar mansabdor va mas`ul xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilgan.

Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma 09.04.2021 yilda viloyat prokuraturasi bo`lim boshlig`i K.K.Alixodjaev ishtirokida institutning barcha professor-o`qituvchilari, pedogog xodimlarining kengaytirilgan yig`ilishida muxokama qilindi.  

Muhokamada davomida bu kabi qonun buzilish holatlariga kelgusida yo`l qo`ymaslik, korrupsiyani oldini olish borasida izchil samarali tadbirlarni tashkil etish, ta`lim sifatini oshirish, malakali va etuk kadrlarni tayyorlash bo`yicha ham tegishli ko`rsatmalar berildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar