AsosiyJamiyat

Chiroqchida kaltaklangan o`qituvchi ishi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi

'Chiroqchida kaltaklangan o`qituvchi ishi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 134-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisining kaltaklanganligi haqida ma`lum qilgandik. Holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan 2021 yil 13 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

Tergov bo`limi tomonidan aniqlanishicha, Chiroqchi tumani Umakay MFY, Umakay qishlog`ida yashovchi fuqarolar O.J, O.N va X.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan 2021 yil 6 aprel kuni soat 12:30 larda jamoat joyi hisoblangan Chiroqchi tumanida joylashgan 134-sonli umumiy o`rta ta`lim maktab hududida guyoki ukasi, shu maktabdagi 6-“A” sinf o`quvchisi O.Mga asossiz qoniqarsiz ikki baho qo`yganligini bahona qilib, o`zining jismoniy ustunligini ko`rsatib qo`yish maqsadida xech bir sababsiz maktab o`qituvchisining tanasining yuz qismiga bir necha marotaba qasddan urib, bezorilik qilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:

Bu judayam axloqsizlik, men buni yomon baholayman — Zoyir Mirzaev Chiroqchida kaltaklangan o`qituvchiga 10 mln so`m pul o`tkazib beradi

Qashqadaryoda 2 baho qo`ygani uchun kaltaklangan ingliz tili o`qituvchisi yuzasidan XTV munosabat bildirdi

    Boshqa yangiliklar