Namibiyaning Etosha Milliy bog`iga tashrif buyurgan sayyohlarning “Jip” avtomobiliga karkidon hujum qildi. Mazkur holatni guvohlardan biri tasvirga oldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Videoda karkidon yshlda turgan “Jip”ni borib, shoxlagani tasvirlangan. Birinchi hujumdan so`ng o`n metrcha orqaga cheklangan karkidon, bir necha daqiqadan so`ng hujumni takrorlaydi. Unda avtomobil ichida o`tirganlarga zarar etmaganini ko`rish mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, karkidonning odamlarga hujum qilishi kamdan-kam uchraydi. Afrika qit`asining janubida yashovchi karkidonlar tabiatan agressiv bo`ladi va ular istalgan noma`lum ob`ektga hujum qilishi mumkin.