Bu haqda AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
«Vazirlik va idoralarda «komplaens nazorat» tizimi joriy etilishi orqali salmoqli natijalar qayd etildi. Masalan, «O`zkimyosanoat» AJ tizimida korrupsiyaning oldini olish maqsadida to`g`ridan-to`g`ri sotib olish amaliyotiga chek kuyilishi natijasida joriy yil 15,3 mlrd so`m iqtisod qilinishiga erishilgan. Bundan tashqari, «Qo`ng`irot soda zavodi» AJda 9 mlrd so`mlik 4,5 ming tayyor mahsulot kamomadi borligi aniqlangan va qonuniy chora ko`rish uchun hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Xalq ta`limi tizimida jami 78 mlrd so`m moliyaviy xato va kamchiliklar, noqonuniy o`zlashtirishlar aniqlanib, qonuniy chora ko`rish uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan. Shuningdek, qonunbuzilishi holatlariga yul qo`ygan 214 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilgan, 34 nafar mas`ul mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Sog`liqni saqlash vazirligida 16 mlrd so`mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan va 22 mlrd so`m byudjet mablag`larining maqsadsiz sarflanishi oldi olingan.
Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi xodimlar attestasiyadan o`tkazilib, korrupsiyaga moyilligi bo`lgan 1476 nafar (28%) xodim bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan».






