“Lokomotiv” jamoasida to`p surib kelgan Jasur Hasanov (kichik) o`z faoliyatini “Buxoro” klubida davom ettiradigan bo`ldi. Bu haqda buxoroliklar matbuot xizmati xabar bergan.
“Buxoro” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan tajribali yarim himoyachi sobiq jamoasi bilan yangi bitim imzoladi. U 2012 yilgi mavsumda “Buxoro”ni tark etgandi.
O`tgan mavsumda “Lokomotiv”ning 23 ta o`yinida maydonga tushgan Hasanov raqiblar darvozasini 3 marta ishg`ol qilishga muvaffaq bo`lgan.