Kecha, 14 aprel kuni Farg`ona viloyati inspektorlaridan biriga 24 yoshli fuqaro o`z og`irini engil qilish uchun pora taklif qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qilgan.
Xabarga ko`ra viloyat IIB Birinchi mintaqaviy hudud Toshloq tumani IIB YHXG ma`muriy materiallarni ko`rib chiqish inspektori G`.Ermatov viloyat IIB boshlig`i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, o`z bildirgisida, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro R.Q. o`ziga nisbatan YPX inspektori tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan rasmiylashtirilgan bayonnoma bo`yicha chora ko`rmasdan engillik yaratib berish evaziga 100 (yuz) AQSh dollar miqdorida pora taklif etganligini ma`lum qilib, fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`ragan.
Xodimning bildirgisi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro R.Q. Toshloq tumani IIB YHXB binosidagi xizmat xonasida G`.Ermatovga 100 (yuz) AQSh dollar miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






