Fransuz rassomi Jan-Leon Jeromning “Cho`pon” nomli surati o`g`irlangandan 70 yil o`tib, Xabarovsk shahridagi Uzoq Sharq badiiy muzeyiga qaytarildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Ushbu surat Ermitajdan 1931 yilda Xabarovskka keltirilgan, ammo u 1946 yilda noma`lum shaxslar tomonidan o`g`irlab ketiladi. Bundan bir necha oy muqaddam federal xavfsizlik xizmatiga “antikvar qora bozor”da fransuz rassomining qimmatbaho surati sotuvga qo`yilgani haqida xabar kelib tushadi.
Olib borilgan tezkor ishlar natijasida xodimlar surat shu paytgacha kimda saqlangani haqidagi ma`lumotga ega bo`ldilar. Fransuz rassomi va haykaltaroshi Jan-leon Jerom ushbu suratni 1857 yilda chizgan bo`lib, uning xalqaro auksiondagi va antikvar bozordagi narxi 3 million dollarni tashkil qiladi.
Surat mart oyining boshida o`tkaziladigan “Noma`lum Ermitaj” ko`rgazmasida namoyishga qo`yiladi.





