Sessiyada beshinchi yo`nalish sifatida Samarqand viloyatida uy-joy qurilishi, obodonlashtirish, kommunal va transport xizmati ko`rsatishni yaxshilash masalalari haqida ma`lumot berildi.
Keltirilishicha, joriy yilda viloyatda:
- 915 ta qishloq va mahallada
1,8 trillion so`mlik qurilish, ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. - “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, sharoiti og`ir va aholidan ko`p shikoyat tushgan 32 ta qishloq va mahallada ichimlik suv va elektr tarmoqlari, ichki yo`llar, ijtimoiy soha ob`ektlarida 284 milliard so`mlik ta`mirlash-tiklash ishlari bajarilib, 97 ming aholining turmush sharoiti yaxshilanadi.
- Tumanlar markazlari va shaharlarni obodonlashtirishga respublika byudjetidan 110 milliard so`m ajratilib, 90 kilometr yo`llar, 104 ming kvadrat metr piyodalar va velosiped yo`laklari barpo etiladi.
- Ipoteka dasturi doirasida3 ming 450 kvartirali ko`p qavatli uylar quriladi va 2 ming 200 ta oilaga subsidiya beriladi.
- Samarqand shahar aholisini uy-joy bilan ta`minlash ishlarini davom ettirib, shaharning Qorasuv, Shirin va vokzal orti hududlarida “renovasiya” tamoyili asosida zamonaviy turar-joylar barpo etiladi. Xususan, joriy yilda Qorasuv massivida 3 ming 500 ta xonadonli 29 ta 16 va 25 qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.
- Samarqand shahar vokzal orti hududidagi 3 mingga yaqin eski hovlilar o`rnida, 100 mingdan ortiq aholi uchun ko`p qavatli zamonaviy uylar quriladi. Shirin massivida 90 ming nafar aholiga mo`ljallangan shaharchani barpo etish orqali, parklar va dam olish maskanlarini qurish ishlari boshlanadi.
Uy-joylar qurilishini boshlash uchun viloyat hokimligiga 2 yil muddatga 200 milliard so`m ssuda mablag`lari ajratiladi.
Tafsilotlar haqida yig`ilishda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qilib boradi.
"darakchi.uz"ni kuzatib boring!
Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoev: "Men har doim Samarqandni sog`inaman, chunki..."
Prezident Samarqandga nega kelganini ma`lum qildi.
Samarqandning yangi aeroporti sentyabr oyidan ishga tushadi, qatnovlar soni 10 baravarga oshiriladi
Samarqand viloyatining ma`muriy markazi ko`chiriladi — Prezident






