AsosiyJamiyat

Urgutda Samarqand davlat universitetining filiali ochiladi

'Urgutda Samarqand davlat universitetining filiali ochiladi'ning rasmi

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan Samarqand viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoev 550 ming aholi yashaydigan Urgut tumanida tadbirkorlikni rivojlantirishga asos borligini qayd etgan. Bu haqda "Darakchi" muxbiri  xabar bemoqda. 

- “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga berilgan imtiyozlarni barcha tuman va shaharlarga qo`llash hamda har biriga kamida 50-100 million dollar investisiyalarni jalb qilish hisobiga, 200 gektar maydonda  1 milliard dollarlik qo`shimcha sanoat loyihalarini amalga oshirish lozim.  

Loyihalarni sifatli ishlab chiqish uchun Loyihalar fabrikasining “Urgut ofisi” tashkil qilinadi.

Prezident Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha ikki oy muddatda Hukumat qarori loyihasini tayyorlash bo`yicha ko`rsatma berdi. Bunda  Samarqand davlat universitetining Urgut filiali tashkil qilinadi. Hududda aholi ko`p ekani inobatga olinib,  tibbiyot fakulteti ham ochiladi.

Tafsilotlar haqida yig`ilishda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qilib boradi.

"darakchi.uz"ni kuzatib boring!

 Mavzuga doir:

Prezident Samarqand viloyatidagi uy-joylarning suv va kanalizasiya muammolariga echim haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoev: "Men har doim Samarqandni sog`inaman, chunki..." 

Prezident Samarqandga nega kelganini ma`lum qildi.


Shavkat Mirziyoev: "Samarqandda 223 ming kishi chet elda yuribdi, 174 ming kishi ishsiz. Rahbarlarning vijdoni bo`lsa, oyligimni yarmini shularga o`tkazaman deb aytishi kerak".
 

Samarqandning yangi aeroporti sentyabr oyidan ishga tushadi, qatnovlar soni 10 baravarga oshiriladi
 

Samarqand viloyatining ma`muriy markazi ko`chiriladi — Prezident

    Boshqa yangiliklar