AsosiyJamiyat

Farg`onada ayol sudya zo`ravonlikka uchradi

'Farg`onada ayol sudya zo`ravonlikka uchradi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining sudyasi (ayol) zo`ravonlikka uchradi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining bayonotiga ko`ra, voqelik 2021 yilning 13 aprel kuni - sudya xizmat vazifasini bajarayotgan paytda sodir bo`ldi. Ya`ni , shu kuni  Farg`ona tumani, Ilg`or MFY Saxovat ko`chasidagi nizoli xonadonga ekspert bilan borib, holatni joyida o`rganayotgan sudyaga fuqarolik ishiga aloqador bo`lmagan  M.N. jismoiy kuch ishlatib, qo`lidagi shaxsiy mobil telefonini tortib oladi va erga urib qasddan sindiradi. Shuningdek jamoat joyida  qadr-qimmatini kamsituvchi so`zlar bilan haqoratlaydi.  Fuqaro M. N. ning  bunday g`ariqonuniy va g`ayriaxloqiy xatti-harakatlari nizoli ish bo`yicha tayinlangan ekspertiza o`tkazilmay qolishiga  olib keladi.

 Ma`lum qilinishicha, mazkur holat bo`yicha Sudyalar oliy kengashi vakolati doirasida kerakli choralarni ko`rgan. Voqelik huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o`rganilmoqda. Bayonotda natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot berilishi qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar