AsosiyDunyo

Misr prezidenti internet auksionda sotuvga qo`yildi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi eBay internet auksionida sotuvga qo`yildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish rejasini taqdim etish bo`yicha qilgan chiqishida as-Sisi agarda buning Misrga foydasi tegadigan bo`lsa, o`zini sotishga ham tayyor ekanligini aytib, hazillashgan edi. Prezidentning bu gapi ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalib, turli kulguli vaziyatlarni keltirib chiqardi. 

Shundan so`ng  Ebay internet auksionida Misr prezidenti surati tushirilgan lot paydo bo`ldi. Auksion savdosida lot narxi bir necha soat ichida 100 000 AQSh dollaridan ham oshib ketdi.  Biroq oradan bir muddat o`tgach mazkur sahifa sayt ma`murlari tomonidan o`chirib yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar