AsosiyJamiyat

Ovqatlanish muassasalari va avtobuslarda o`rindiqlar soni 50 foizgacha cheklanadi

'Ovqatlanish muassasalari va avtobuslarda o`rindiqlar soni 50 foizgacha cheklanadi'ning rasmi

Ovqatlanish muassasalarida o`rinlar va avtobuslarda o`rindiqlar soni 50 foizgacha cheklanadi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligining Matbuot xizmati Bosh vazir boshchiligidagi yig`ilishdagi ma`lumotlar asosida xabar qildi.

Qayd etilishicha, endi barcha umumiy ovqatlanish muassasalarida o`rinlar 50 foizgacha cheklanadi, biroq 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, avtobuslarda o`rindiqlarning soni 50 foizgacha cheklanadi. O`z navbatida, avtobuslar soni ko`paytiriladi.

Bundan oldin, bosh vazir 18 apreldan karantin nazorati kuchaytirilishini ma`lum qilgandi.

Mavzuga doir:

O`zbekistonga «afrikancha» shtamm ham kirdi — Bosh vazir

    Boshqa yangiliklar