1

Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Jamiyat 17.04.2021, 16:11
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Ramazon
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Butun musulmon olami uchun muqaddas bo`lgan Ramazon oyi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, etakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Maktublarda xorijiy hamkorlarimiz tomonidan O`zbekiston Prezidenti va ko`p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy     

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev

Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon      

Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said       

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos 

O`mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said 

Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o`rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Islom hamkorligi tashkilotining bosh kotibi Yusuf al Usaymin 

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur

Misr Bosh imomi, Al-Azhar universiteti rahbari Shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1