AsosiyMadaniyat

“Kinokarvon” Zomin tumaniga safar qildi

'“Kinokarvon” Zomin tumaniga safar qildi'ning rasmi

O`zbekiston kinematografiya agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kinokarvon” guruhining 17 aprel kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida uchrashuvlari bo`lib o`tdi.  

Zomin shahri markazi va 15-sonli umumta`lim maktabida, “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig`ini va Beshkubi qishlog`ida, Dashtobod shahridagi musiqa maktabi va 2-sonli kasb-hunar kollejida, Chorvador qishloq fuqarolar yig`ini Jaloyir qishlog`idagi 11-sonli umumta`lim maktabi va Turkman mahalla fuqarolar yig`inidagi 19-sonli umumta`lim maktabida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi.  

Shuningdek, hududlar bo`ylab bolalar va o`smirlar uchun “Sinemobil” platformasining namoyishlari o`tkazildi. Uchrashuv va davra suhbatlaridan so`ng, yangi filmlarning premeralari bo`lib o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar