AsosiyJinoyat

Namanganda shantajchilar tanishini sharmandali videosini internetda tarqatmaslik uchun 20 million so`m talab qilishdi

'Namanganda shantajchilar tanishini sharmandali videosini internetda tarqatmaslik uchun 20 million so`m talab qilishdi'ning rasmi

Joriy yil 13 aprel kuni, Yangiqo`rgonda yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro Namangan viloyati IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qiladi. 

Viloyat IIB Axborot xizmatiga ko`ra, arizada 2021 yil 8 aprel kuni Chortoq tumanida yashovchi “R” va “U” ismli tanishlari bilan o`z uyida birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirashgani qayt etilgan. O`sha kuni murojaatchining  mast bo`lib qolganligidan foydalanib, tanishlari uni kiyimsiz holda quritilgan ukrop va oshko`klarni giyohvand moddalari deb ko`rsatishib, video tasvirga olishadi. Ushbu video tasvirlarni internet tarmog`i orqali tarqatib, sharmanda qilmasliklari uchun 20.000.000 so`m pul talab qilishadi. 

Fuqaroning arizasida ko`rsatilgan holatlarni tekshirish maqsadida, viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahar Xamroh ko`chasida arizada nomi keltirilgan shaxslar fuqarodan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 20.000.000 so`m pullarni olgan vaqtlarida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.


Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 aprel kuni
O`z.R JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar