O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligining Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga tayanib xabar berishicha, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 140 million 322 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 003 mingdan ziyod kishi vafot etgan (18.04.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 14:35 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 809 004 yangi holati aniqlandi.
11 481 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (19.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 13:20 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 141 million 438 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 020 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 31,250 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (14,788 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (13,832 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,178 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Rossiya (4,702 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 73 697, Hindistonda 261 500, Braziliyada 85 774, Fransiyada 34 218, Rossiyada esa 8 632 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Joriy yilning 18 aprel holatiga ko`ra dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 792 million 796 mingdan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






