AsosiyJamiyat

Mirza Azizov Zangiota shifoxonasining jonlantirish bo`limida koronavirus bilan kurashgani ma`lum bo`ldi

'Mirza Azizov Zangiota shifoxonasining jonlantirish bo`limida koronavirus bilan kurashgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

16 aprel kuni vafot etgan O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizov COVID-19 ga chalinib, 25 kun davomida Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasining reanimasiya bo`limida davolangan.

«Daryo»ning Sog`liqni saqlash vazirligidagi manbasining ma`lum qilishicha, aktyor 2021 yilning 23 mart kuni soat 15:40 da Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasiga olib borilgan va ahvoli og`irligi tufayli reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Mirza Azizovda COVID-19 infeksiyasi hamda ikki tomonlama pnevmoniya tasdiqlangan. Unga yurak ishemik (yurak-tomir tizimining keng tarqalgan kasalligi bo`lib, miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi – tahr.) kasalligining dastlabki tashxisi qo`yilgan. Aktyorda gipertoniyaning ikkinchi bosqichi, semizlikning ikkinchi darajasi, ilk bor qandli diabetning ikkinchi turi aniqlangan.

23 martdan to vafot etgunga qadar, ya`ni 16 aprelgacha reanimasiya bo`limidagi shifokorlardan tashqari, kardiolog, pulmonolog, endokrinolog singari tor soha mutaxassislari ham jalb qilinib, Mirza Azizov kuchli nazoratga olingan. Ammo bemorda yuqoridagi surunkali kasalliklar borligi uchun shifokorlarning standart bo`yicha davolash muolajalariga qaramasdan, 16 aprel kuni soat 12:15 da biologik o`lim holati qayd etilgan.

Boshqa yangiliklar