AsosiyJamiyat

Ahvoli abgor ekani fosh bo`lgan Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyining direktori va ombor mudiri ishdan olingani ma`lum qilindi

'Ahvoli abgor ekani fosh bo`lgan Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyining direktori va ombor mudiri ishdan olingani ma`lum qilindi'ning rasmi

Kuni kecha "Bola huquqlari bo`yicha vakil: Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyini tugatish kerak!" sarlavhali xabar e`lon qilingan edi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi  munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyida 65 nafar (shundan qizlari 28 nafar) tarbiyalanuvchilar bo`lib, ularning 15 nafari chin etimlarni tashkil etadi.  

Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik o`yida tibbiyot, stomotologiya, bemorlarni alohidalash xonalarining tagi beton qoplamali  ekanligi, bolalarning bo`sh vaqtini o`tkazish uchun muassasada etarli sharoitlar mavjud emasligi, mebellar eskirganligi, sog`lom ovqatlantirishdagi kamchiliklari, ovqatlanish me`yorlariga amal qilinmaganligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.

Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyi 1958 yilda tashkil etilgan bo`lib, moslashtirilgan binolarda joylashgan, 125 o`ringa mo`ljallangan.

Holat yuzasidan o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan Mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri  O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan o`z lavozimlaridan ozod etilgan, deyiladi  viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar