2021 yil 19 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87225 (+243) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
-4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-2 nafari Andijon viloyatida,
-8 nafari Buxoro viloyatida,
-3 nafari Navoiy viloyatida,
-4 nafari Namangan viloyatida,
-13 nafari Samarqand viloyatida,
-3 nafari Sirdaryo viloyatida,
-2 nafari Surxondaryo viloyatida,
-2 nafari Xorazm viloyatida,
-34 nafari Toshkent viloyatida,
-168 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar,
-Navoiy viloyatida 1 nafar,
-Namangan viloyatida 3 nafar,
-Samarqand viloyatida 73 nafar,
-Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
-Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
-Farg`ona viloyatida 3 nafar,
-Toshkent viloyatida 31 nafar,
-Toshkent shahrida 96 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 84533 (+226) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 639 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2053 nafar bemordan 238 nafari og`ir, 109 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Eslatib o`tamiz, kecha Samarqanddagi bir tumanda 15 ta maktab karantinga yopilgan edi.






