AsosiyDunyo

Moskva shahrida ish beruvchi xodimlaridan birini tovon puli so`ragani uchun kaltakladi

Moskvada “Klassik kostyumlar ustaxonasi” nomli ateleda shu firmaning piar-direktori vazifasida ishlagan Yuliya Zelenskaya biznes egasi Antonio Palasios-Fernandesni uni kaltaklaganlikda ayblamoqda. 

Qiz nohaq ishdan bo`shatilgani uchun tovon puli so`raganligi bois, boshliqning jahli chiqib, uni zinapoyadan sochidan sudrab tushgan, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Sobiq boshlig`ining kaltagidan so`ng yuzi qonga bo`yalgan qiz rasmga tushib, suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Ammo boshliq — Antonio Palasios-Fernandes ham o`zini jabrlangan hisobladi. 

Hodisaning har ikkala ishtirokchisi ham tibbiy muassasa ko`rigidan o`tib, da`vo arizasi bilan huquq-tartibot idorasiga murojaat qilgan.

    Boshqa yangiliklar