Nepalning janubida joylashgan tog`li hududda bortida 11 kishi bo`lgan ikkinchi yo`lovchi samolyot halokatga uchradi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Hukumat vakili Padamlal Lamichanning ma`lumot berishicha, halokat oqibatida bir kishi halok bo`lgan. Samolyot Kasthamandap Airlines aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan. Ro`y bergan texnik nosozlik tufayli samolyot ekipaji tog`li hududga qo`nishga qaror qilgan. Uchuvchining samolyotni qo`ndirish uchun qilgan harakati omadsiz yakun topgan. Voqea tog`ning etib borish qiyin bo`lgan hududida sodir bo`lgan. Mamlakat poytaxtidan hodisa yuz bergan joyga etib borish uchun to`rt soat vaqt ketadi. Hozirda qutqaruv va polisiya vertolyoti halokat yuz bergan joyga yo`l olgan.
24 fevral kuni ham Nepalning tog`li hududi bortida 23 nafar yo`lovchi bo`lgan samolyot halokatga uchragan edi. Taxminlarga ko`ra, falokatga ertalabki qalin tuman sabab bo`lgan.





