Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Andijon shahrida yashovchi 1996 y.t. “I.S.” “Farg`ona” xalqaro aeroporti oldida mahalliy fuqaro bilan uchrashib, unga o`zini sayyohlik firmasi xodimi sifatida tanishtiradi hamda uni Rossiya Federasiyasiga ketishiga yordam berishini aytadi.
Firibgar shaxs fuqaroning jo`nab ketishida zarur bo`ladigan aviachipta, Rossiya Federasiyasining tibbiy muassasalarida davolanish uchun taklifnoma hamda koronavirus kasalligi aniqlanmaganligi to`g`risida PZR-test ma`lumotnomasini tayyorlab berishini ma`lum qiladi va xizmati evaziga 1200 AQSh dollari so`raydi.
DXX va IIV xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “I.S.” ushbu fuqaro nomiga qalbaki ravishda tayyorlangan RFning tibbiy muassasalarida davolanish uchun taklifnoma va PZR-test ma`lumotnomasini berib, undan 1100 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda “I.S.”ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






