AsosiyJamiyat

"Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida tortishuv"ga YHXBB munosabat bildirdi

'"Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida tortishuv"ga  YHXBB munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida tortishuv" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan  IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

 Joriy yilning 23 mart kuni soat 10:20larda, Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani, Mustaqillik ko`chasida YPX xodimi Sh.Mo`minov tomonidan "Labo" rusumli yuk avtomobil haydovchisi yo`l harakati qoidalarini buzgan.

Ulov 163-bandi (transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o`lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong`i vaqtda va etarlicha ko`rinmaydigan sharoitda esa bunga qo`shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug`lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug`lik qaytargich bilan belgilanishi kerak)da belgilangan talablarni buzganligi bois to`xtatilgan va tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

"Qoidabuzarlik sodir etganlik uchun o`rnatilgan tartibda jazo choralari mavjud bo`lib, yo`llarda tartibni nazorat qilish YPX xodimining vazifasi hisoblanadi. Barcha haydovchilardan o`zi va atrofdagilarning xavfsizligi uchun belgilangan qoidalarga qat`iy amal qilishlarini so`raymiz" deyladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar