AsosiyJamiyat

Xorijda ishlashni istovchilar uchun bepul ingliz tilini o`rgatish kurslari tashkil etildi

'Xorijda ishlashni istovchilar uchun bepul ingliz tilini o`rgatish kurslari tashkil etildi'ning rasmi

Chet elga ishga borishni rejalashtiryapsizmi? Ingliz tili bo`yicha bilimingiz etarli darajada emasmi? 

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Toshkent shahri va viloyatining ishsiz hamda band bo`lmagan aholisini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Bizcon Education” hamkorligida AQShning TOEFL va TOIEC administratori bo`lmish “ETS” kompaniyasining yagona ingliz tili o`rganish – English Discoveries Online (EDO) kursida bepul o`qishga taklif qilmoqda. 

O`quv kursida onlayn tarzda har kuni 24 soat o`qish mumkin. Bundan tashqari darslar oflayn tarzda haftada bir kun Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish markazida o`tkaziladi.

Har bir o`quvchi 3 oylik lisenziya bilan taminlanadi. O`qishni muvaffaqiyatli tamomlagan o`quvchilarga bonus sifatida yana 3 oy “EDO” kursini bepul davom ettirish imkoniyati beriladi.

O`quv kursi yakunida o`quvchilarga “EDO” xalqaro sertifikati beriladi.

    Boshqa yangiliklar