«O`zgidromet» xizmati 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini elon qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–6 daraja iliq, kunduzi 18–20 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hudularida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo`ladi.






