AsosiyShou-biznes

Joli va Kluni chiroyli keksaygan yulduzlar ro`yxatiga kiritildi

Mashable nashri chiroyli keksaygan mashhur yulduzlar ro`yxatini e`lon qildi. 

Nashrning ta`kidlashicha, ularning yoshi o`tgan sari qiyofalari go`zallashib bormoqda.

“Gazeta.ru” nashrining yozishicha, ushbu ro`yxatga 40 yoshli Anjelina Joli, 54 yoshli Jorj Kluni, 46 yoshli Jennifer Lopes, 73 yoshli Xarrison Ford va 40 yoshli Sharliz Teronlar kiritilgan. 

Bundan tashqari ro`yxatdan 70 yoshli Xelen Mirren, 43 yoshli Idris Elba, 49 yoshli Xelli Berri va 44 yoshli Jada Pinkett Smitlar ham o`rin olgan. Mashhur 49 yoshli Salma Xayek, 43 yoshli Sofiya Vergara va 44 yoshli Jon Xemmlar ham ro`yxat tuzuvchilar e`tiboridan chetda qolmadi.

    Boshqa yangiliklar