Qoraqalpog`istonning Ellikqal`a tumanida 440 bosh qo`y-echki bo`lgan qo`ra yonib ketdi. Bu haqda Respublika prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, voqea 2021 yil 22 martdan 23 mart kүniga o`tar kechasi sodir bo`lgan. Ellikqal`a ovul fuqarolar yig`inida yashovchi A.N. ismli fuqaroga tegishli qo`ra yonib ketgan. Aniqlanishicha, qo`ra 440 bosh qo`y-qo`zisi va echki-ulog`i bilan birga yongan.
Ushbu holat bo`yicha, 19 aprel, dushanba kүni Ellikqal`a tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish) 2-bo`lim «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.