AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir OTM onlayn ta`lim tizimiga o`tkazildi

'O`zbekistonda yana bir OTM onlayn ta`lim tizimiga o`tkazildi'ning rasmi

Ertaga, 22 apreldan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ta`lim jarayonlari 14 kun muddatga onlayn shaklga o`tkaziladi. Bu haqda universitetning rasmiy sayti xabar qildi. O`quv mashg`ulotlari universitetning Moodle masofaviy ta`lim tizimi orqali davom etadi.

Eslatib o`tamiz, joriy hafta boshidan beri O`zbekiston Milliy universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Samarqand veterenariya medisinasi instituti va O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti karantinga yopildi.

Boshqa yangiliklar