AsosiyShou-biznes

Shoxruh repper shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berdi

O`zbek zamonaviy qo`shiqchilik san`atiga birinchidardan bo`lib, yangi yo`nalish olib kirgan xonanda Shohrux repper ancha muddat teleekranlarda ko`rinmadi. Bu orada uni kimdir lisenziyasi olib qo`yilganini, kimdir butunlay boshqa sohada faoliyat yuritayotganini gapirdi. 

“Tasvir” gazetasi Shoxruh reper bilan suhbat uyushtirib, ko`pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob oldi.

“Turmush o`rtog`ingiz bilan qanday tanishgansiz?” degan savolga reper quyidagicha javob berdi:

“Bo`lajak rafiqam bilan kafeda tanishganman. U dugonalari bilan men esa do`stlarim bilan o`tirgandik. Ko`zim uning uo`ziga tushgach, yuragimda unga nisbatan iliqlik his etdim. So`ng yoniga borib, tanishdim. Shu tariqa uchrashib, sevib qoldim. Uning menga yoqqan tarafi-fe`l-atvor jihatdan bir-birimizga mosmiz. Doim fikrimga qo`shiladi, meni ma`qullaydi.  Bir-birimiz bilan kelishib, ahd-u payson qilgach, bu haqda onamga aytdim. Onam sovchilikka bordi, uni ko`rdi. U onamga ham ma`qul keldi. Hammasi an`anaviy kechgan”

Xonanda ilk bor ota bo`lgandagi hissiyotlarini esa quyidagicha izohladi:

“Farzandimni ilk bor qo`limga olganimda faxrlandim, hayajonlandim. O`g`limning ismini o`zim qo`yganman. Islom 28 noyabrda dunyoga kelgan. Hozir 1 yoshdan oshdi. Ancha tili chiqib qolgan. Yanayam sho`xligi ortgan. Kun davomida unga iloji boricha ko`proq vaqt ajratishga, hech bo`lmaganda 3-4 soat birga bo`lishga harakat qilaman”.

    Boshqa yangiliklar