O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Times Higher Education Impact Ranking" reytingiga kiritildi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Times Higher Education Impact Ranking" reytingiga kiritildiBuyuk Britaniyaning oliy ta`lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti o`zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e`lon qildi.
Jami 20 ming OTMda olib borilgan o`rganishlar natijasida bu galgi reytingga faqat 1115 ta OTM kiritildi. Mazkur reytingda O`zbekiston OTMlari ichida O`zbekistonda Xalqaro islom akademiyasi uchinchi bo`lib 47,5 ball bilan 801-1000+ guruhiga kiritilgan.






