Zakotni ikki kishiga bo`lib bersam bo`ladimi? Ushbu savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati javob berdi.
- Bismillahir Rohmanir Rohim.
Agar zakot oz miqdorda bo`lsa bir shaxsga bergan afzal. Chunki, oz narsani ko`pchilikka tarqatilganda muhtoj kishi biror hojatini ham bitkaza olmasligi mumkin. Zakot ko`p bo`lsa, ko`pchilikka tarqatilgani afzal. Vallohu a`lam.






