AsosiyJamiyat

Namanganda 38 yoshli ayol 4 yashar farzandi bilan birga o`zini daryoga tashladi

'Namanganda 38 yoshli ayol 4 yashar farzandi bilan birga o`zini daryoga tashladi'ning rasmi

22 aprel kuni tungi soat 01.20 larda Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumanidan oqib o`tuvchi “Norin” daryosi ustida joylashgan ko`prik qirg`og`iga tushgan notanish ayol farzandi bilan birgalikda suvga tashlagan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo`riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o`tib ketayotgan yo`lovchi fuqaro A.A. lar tomonidan qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan fuqaro X.M. bo`lib 2017 yilda tug`ilgan farzandini o`ziga bog`lagan holda suvga tashlagani ma`lum bo`lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo`rg`on tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar