AsosiyJamiyat

Toshkentda ag`darilib ketgan yuk avtomobili yong`ib ketdi

'Toshkentda ag`darilib ketgan yuk avtomobili yong`ib ketdi'ning rasmi

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi️ bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o`tgan 4R-21 avtomobil yo`lida haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan M.A. "Howo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va avtomobil ag`darilgan. Natijada, avtomobilning dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan. Haydovchi M.A.ga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Yong`in bartaraf etilgan. Transport vositasiga zarar etgan.

️Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo`lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar