Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahrida baxtsiz hodisa tufayli ikki oyog`idan ajralgan Sirdaryo viloyatidan S.M Xalqaro migrasiya tashkilot (XMT)ning mablag`lari hisobidan va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi ko`magida O`zbekistonga olib kelindi.
Murakkab vaziyatda qolgan fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Xalqaro migrasiya tashkiloti mas`ul xodimlari kutib oldi.
Sirdaryo viloyatiga kuzatib qo`yilgan fuqaro S.Mning yaqin qarindoshlari barcha mas`ullarga minnatdorlik bildirdi.






